Operatsiyadan keyingi tiklanish qanday kechadi?Operatsiyadan keyin bemor mutaxassislar nazorati ostida bo‘ladi.
Ko‘p hollarda:
- operatsiyadan keyingi kun bemor o‘tirishi va yurishi mumkin;
- mustaqil faollik bosqichma-bosqich tiklanadi;
- erta reabilitatsiya boshlanadi.
Statsionarda davolanish muddati odatda
5–10 kunni tashkil etadi va quyidagilarga bog‘liq:
- operatsiyaning murakkabligi;
- qon tomirlarining holati;
- anevrizmaning yorilgan yoki yorilmaganligi;
- bosh miyaga qon quyilishi mavjudligi;
- bemorning umumiy va nevrologik holati
Qaysi usul yaxshiroq: kliplashmi yoki endovaskulyar embolizatsiyami?Davolash usuli har bir bemor uchun individual ravishda tanlanadi.
Usulni tanlash quyidagilarga bog‘liq:
- anevrizmaning o‘lchami;
- anevrizma bo‘ynining shakli va kengligi;
- anevrizmaning joylashuvi;
- bemorning yoshi va umumiy holati;
- anevrizmaning yorilish xavfi;
- anevrizma yorilgan yoki yorilmaganligi.
Ayrim holatlarda eng maqbul usul:
- mikrojarrohlik yo‘li bilan kliplash;
- endovaskulyar embolizatsiya bo‘lishi mumkin.
Ba’zan ushbu ikki usul birgalikda yoki bosqichma-bosqich qo‘llanadi.