Neyroxirurgik operatsiyaga tayyorgarlik
Operatsiyaga tayyorgarlik — davolashning muhim bosqichi. Tavsiyalarga to‘g‘ri amal qilish jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga, operatsiyadan keyingi tiklanishni yengillashtirishga va davolash xavfsizligini oshirishga yordam beradi.
Ushbu sahifada bemorlar va ularning yaqinlariga shifoxonaga yotqizish hamda operatsiyaga tayyorlanishda yordam beradigan ma’lumotlar jamlangan.
Qanday tekshiruvlardan o‘tish kerak?
📄 Umumiy qon tahlili
📄 Qonning biokimyoviy tahlili
📄 Koagulogramma (qon ivish ko‘rsatkichlari)
📄 Umumiy siydik tahlili
📄 Qon guruhi va rezus-faktor
📄 EKG
📄 Ko‘krak qafasi a’zolarining rentgenografiyasi yoki KT tekshiruvi
📄 Bosh miya yoki umurtqa pog‘onasining MRT tekshiruvi
📄 Angiografiya (qon tomir kasalliklarida)


Shifoxonaga yotishda nimalarni olib kelish kerak?

Shifoxonaga yotishga tayyorlanayotganda quyidagilarni olib keling:

  • 🛂 Pasport
  • 📑 Chiqish epikrizlari va tibbiy hujjatlar
  • 💿 MRT, KT va angiografiya disklari
  • 👕 Qulay kiyimlar
  • 💊 Qabul qilayotgan dorilaringiz ro‘yxati
  • 📱 Telefon quvvatlagichi va shaxsiy gigiyena vositalari
Neyroxirurg qabuliga yozilish
Arizangizni qoldiring. Mutaxassisimiz siz bilan bog'lanib, konsultatsiya vaqti, zarur tekshiruvlar hamda davolashning keyingi bosqichlari bo'yicha ma'lumot beradi.
FAQ
NeurON Medical
Yunusobod tumani, Otchopar-2 MFY, Chinobod 3-tor ko‘chasi, 2-uy, Toshkent, 100099
NeurON Medical — zamonaviy neyroxirurgiya markazi bo‘lib, bosh miya, orqa miya, umurtqa pog‘onasi va periferik nerv tizimi kasalliklarini tashxislash hamda davolashga ixtisoslashgan. Tajribali neyroxirurglar jamoamiz zamonaviy uskunalar, mikrojarrohlik va minimal invaziv texnologiyalar yordamida har bir bemor uchun individual davolash rejasini ishlab chiqadi.
+998 93 295 58 69
Made on
Tilda