Neyroxirurg blogi — O‘zbek tilida
    <language>ru</language>
Meningioma saratonmi? Qachon operatsiya kerak?
      <description>Meningioma nima, u saraton hisoblanadimi va qachon operatsiya kerak? Neyroxirurg Nabi Abdullaev kasallik belgilari, diagnostikasi va davolash usullarini tushuntiradi.</description>
Meningioma saratonmi? Qachon operatsiya kerak?
Meningioma nima?