Bosh miya o‘smalari
Bosh miya o‘smalari asab tizimining eng murakkab va jiddiy kasalliklaridan biridir. Erta tashxis va to‘g‘ri davolash bemorning sog‘ayish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.

"Bosh miya o‘smasi nima?"

Bosh miya o‘smalari asab tizimining eng murakkab va jiddiy kasalliklaridan biridir. Tibbiyot sohasidagi zamonaviy yutuqlarga qaramay, «bosh miya o‘smasi» tashxisi ko‘plab bemorlarda qo‘rquv va xavotir uyg‘otadi.

Ammo shuni bilish muhimki, bosh miya o‘smalarining barchasi ham xavfli (saraton) emas. Zamonaviy neyroxirurgiya usullari ko‘plab o‘smalarni samarali davolash, bemorning hayot sifati va funksiyalarini maksimal darajada saqlab qolish imkonini beradi.

Bosh miya o‘smasi nima?

Bosh miya o‘smasi — bu bosh suyagi ichida hujayralarning nazoratsiz ko‘payishi natijasida hosil bo‘ladigan patologik o‘sma.

Bunday o‘smalar quyidagi manbalardan rivojlanishi mumkin:

• bevosita bosh miya to‘qimasidan;
• miya pardalaridan;
• bosh miya nervlaridan;
• gipofiz bezidan;
• yoki boshqa a’zolardagi xavfli o‘smalarning miyaga tarqalishi (metastazlar) natijasida.

Bosh miya o‘smalarining qanday turlari mavjud?

Bosh miya o‘smalarining ko‘plab turlari mavjud.

Eng ko‘p uchraydiganlari:

Gliomalar — neyroglial hujayralardan rivojlanadi. Ular sekin o‘suvchi ham, tez o‘suvchi va agressiv shaklda ham bo‘lishi mumkin.

Meningiomalar — miya pardalaridan rivojlanadi. Ko‘p hollarda yaxshi sifatli o‘smalar hisoblanadi.

Gipofiz adenomalari — gipofiz bezida rivojlanadigan o‘smalar bo‘lib, gormonal buzilishlar va ko‘rishning pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Nevrinomalar — nerv qobig‘idan rivojlanadi, ko‘pincha eshituv nervida uchraydi.

Metastatik o‘smalar — boshqa a’zolardagi xavfli o‘smalarning bosh miyaga tarqalishi natijasida yuzaga keladi.

Bosh miya o‘smalari nima sababdan rivojlanadi?

Bosh miya o‘smalarining aniq kelib chiqish sabablari hozirgacha to‘liq aniqlanmagan.

Kasallik rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar:

• irsiy moyillik;
• ionlashtiruvchi nurlanish ta'siri;
• ayrim irsiy sindromlar;
• yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar;
• hujayralar bo‘linishining buzilishi.

Ko‘pchilik hollarda kasallikning yagona aniq sababini aniqlashning imkoni bo‘lmaydi.

Qanday belgilar kuzatilishi mumkin?

  • Bosh miya o‘smalarining belgilari quyidagi omillarga bog‘liq:
  • o‘smaning hajmi;
  • joylashuvi;
  • o‘sish tezligi;
  • atrofdagi miya to‘qimalariga bosim darajasi.
Eng ko‘p uchraydigan belgilar:
Umumiy miya simptomlari;
  • bosh og‘rig‘i;
  • ko‘ngil aynishi va qusish;
  • bosh aylanishi;
  • uyquchanlik;
  • xotiraning pasayishi;
  • ongning buzilishi.
O‘choqli nevrologik simptomlar;
  • qo‘l yoki oyoqda kuchsizlik;
  • nutqning buzilishi;
  • ko‘rishning pasayishi;
  • harakatlar muvofiqligining buzilishi;
  • tana qismlarining uvishishi;
  • tutqanoq (epileptik) xurujlari;
  • xulq-atvor va shaxsiyatdagi o‘zgarishlar.
  • Xulosa - Ba'zi hollarda aynan epileptik tutqanoq bosh miya o‘smasining ilk belgisi bo‘lishi mumkin.

Qachon shifokorga zudlik bilan murojaat qilish kerak?

Quyidagi holatlarda neyroxirurg yoki nevrolog ko‘rigiga zudlik bilan murojaat qilish tavsiya etiladi:
  • ko‘rishning to‘satdan yomonlashishi;
  • kuchayib borayotgan bosh og‘rig‘i;
  • tutqanoq (epileptik) xurujlari;
  • nutqning buzilishi;
  • qo‘l yoki oyoqlarda kuchsizlik;
  • hushdan ketish;
  • xotira yoki xulq-atvordagi sezilarli o‘zgarishlar.

Bosh miya o‘smalari qanday tashxis qilinadi?

Bosh miya o‘smalarini tashxislash zamonaviy neyrovizualizatsiya usullarini o‘z ichiga oladi.
  • Bosh miyaning magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) bosh miya o‘smalarini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi. U quyidagilarni baholash imkonini beradi:
  • o‘smaning hajmini;
  • joylashuvini;
  • tuzilishini;
  • atrofdagi to‘qimalar bilan o‘zaro munosabatini.

Kontrast modda bilan MRT
Kontrast modda bilan MRT o‘smaning chegaralari va biologik faolligini yanada aniqroq baholash imkonini beradi.

Bosh miyaning KT tekshiruvi
Kompyuter tomografiyasi (KT) ko‘proq shoshilinch holatlarda, bosh miya qon quyilishlari va bosh suyagi suyaklari shikastlanishlarini aniqlash uchun qo‘llaniladi.

Biopsiya
Ayrim hollarda aniq gistologik tashxis qo‘yish uchun o‘sma to‘qimasidan namuna (biopsiya) olish talab etiladi.

Bosh miya o‘smalarini davolashning zamonaviy usullari

Davolash usuli har bir bemor uchun individual ravishda tanlanadi.

U quyidagi omillarga bog‘liq:

• o‘smaning turi;
• yomon sifat darajasi;
• bemorning yoshi;
• o‘smaning joylashuvi;
• nevrologik holati.

Jarrohlik davolash
Bosh miya o‘smasini mikrojarrohlik yo‘li bilan olib tashlash ko‘pchilik o‘smalarni davolashning asosiy usuli hisoblanadi.

NeurON Medical
Yunusobod tumani, Otchopar-2 MFY, Chinobod 3-tor ko‘chasi, 2-uy, Toshkent, 100099
NeurON Medical — zamonaviy neyroxirurgiya markazi bo‘lib, bosh miya, orqa miya, umurtqa pog‘onasi va periferik nerv tizimi kasalliklarini tashxislash hamda davolashga ixtisoslashgan. Tajribali neyroxirurglar jamoamiz zamonaviy uskunalar, mikrojarrohlik va minimal invaziv texnologiyalar yordamida har bir bemor uchun individual davolash rejasini ishlab chiqadi.
+998 93 295 58 69
Made on
Tilda